Deputatlar mahalla raisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, bugungi kunda hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolarini hal etish mexanizmlari va "mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligini atroflicha tahlil qildilar.
💬 Suhbat davomida mahalla raisiga faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagi muhim tavsiyalar berildi:
▶️ Ishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, xususan, mahalla institutini rivojlantirishga oid PF-209-sonli Farmon talablari asosida tizimli tashkil etish;
▶️ Aholi murojaatlari bilan ishlashda "xonadonbay" tizimini kuchaytirish va har bir muammoga individual yondashish;
▶️ Ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishda tashabbuskorlikni oshirish.
💬 Kengash raisi D.Normuradova mahalla raisining mas’uliyati bugungi islohotlar davrida har qachongidan yuqori ekanligini, har bir qaror va harakat fuqarolarning roziligiga xizmat qilishi lozimligini alohida ta’kidladi.