Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xotira — qalbda, ehtirom — amalda!
янв.21
Dastur asosida “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasi tomonidan tumandagi tashkilotlarda reja asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda
янв.21
“Yo‘lchi” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat nazorati: Joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda
янв.21
Deputat faoliyati
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari — Isroilov Nurshohruh, Qayumova Nodira Karim qizi hamda Ismoilova E’zoza Yorqin qizi ishtirokida Navoiy davlat universitetida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda shoir va jurnalist Faxriddin Hayit talabalar bilan samimiy muloqot olib bordi. Tadbir davomida yoshlarni badiiy adabiyotga oshno etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi raisi Otabek Aslonov hamda viloyatning “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi bosh muharriri, shoir va Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Boboqand Umarov ishtirok etib, Faxriddin Hayit ijodining mazmun-mohiyati, she’rlaridagi samimiyat, hayotiy mushohada va falsafiy qarashlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Uchrashuv doirasida shoirning yangi nashrdan chiqqan Choʻgʻ nomli kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlar ifodali tarzda yoddan o‘qildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni adabiyot va ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4