Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xotira — qalbda, ehtirom — amalda!
янв.21
Dastur asosida “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasi tomonidan tumandagi tashkilotlarda reja asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda
янв.21
“Yo‘lchi” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat nazorati: Joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda
янв.21
Deputat faoliyati
#XDP_PLENUMI

#XDP_PLENUMI

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon shahar Kengashining IV plenumi yuqori tashkiliy ruhda boʻlib oʻtdi.

Plenumda partiya shahar Kengashi raisi Sh. Izomova, deputatlar D. Raximova va O. Joʻrayevalar ishtirok etdi. Yigʻilishda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, partiya faoliyati tanqidiy-tahliliy va ochiq muhokama ruhida koʻrib chiqildi.

Kun tartibida partiya shahar Kengashi Ijroiya qoʻmitasining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan batafsil hisobot eshitildi. Shuningdek, deputatlik guruhi aʼzosi D. Raximovaning hisoboti tinglanib, oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aniq taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar davomida deputat O. Joʻrayeva soʻzga chiqib, partiya faoliyatini yanada faollashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarga yanada kuchli eʼtibor qaratish boʻyicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Plenumda 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, ijtimoiy himoya yoʻnalishidagi chora-tadbirlar hamda hududdagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan aniq reja va yoʻnalishlar belgilab olindi.

Yakunida partiya faoliyatini yanada kuchaytirish, ish samaradorligini oshirish hamda tashkiliy tizimni mustahkamlash boʻyicha qatʼiy qarorlar qabul qilinib, Kengashning ichki meʼyoriy hujjatlari tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 6