Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
🎯👉 DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KO‘TARILGAN MASALA BARTARAF ETILDI

🧑‍💼 Deputat: SHADANOVA DILARAM KADAMOVNA

📌 Deputat so‘rovi raqami: 48-DS-448-26-son

📍 Shovot tumani

💧 “Xorazmsuvta’minoti” AJ

🏢 Shovot tuman filiali boshlig‘i K. Vaisovga

📢 Shovot tumani markazidan o‘tgan Zamaxshariy ko‘chasida, yangi barpo etilayotgan xiyobonning yon tomonida ichimlik suvi quvuri shikastlangani va buning natijasida ichimlik suvi isrof bo‘layotgani yuzasidan fuqarolar tomonidan kelib tushgan og‘zaki murojaat deputat Shadanova Dilaram Kadamovna nomidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida o‘rganildi.

⚙️ Mazkur holat yuzasidan “Xorazmsuvta’minoti” AJ Shovot tuman filiali tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, ichimlik suvi quvuridagi nosozlik to‘liq bartaraf etildi hamda suv sizib chiqishi to‘xtatildi.

✅ Hozirda hududda ichimlik suvi ta’minoti barqaror holatga keltirildi.

📌 Natijada deputatlik so‘rovi asosida ko‘tarilgan masala o‘z yechimini topganligi ma’lum qilinadi.

Slide 1 of 2