Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich

 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 18-Qirg‘iz saylov okrugidan deputat Avazbek Raxmonov va O‘zEKO partiyasi tuman kengashi raisi-deputat Bobirjon Begaliyev “Qurbonqashqar” MFY “mahalla yettiligi” ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi. 

Joriy yil boshida ishsiz fuqarolar 79 nafarni tashkil etgan, ular bandligi to‘liq ta’minlangan. Shundan 23 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsa, 56 nafarining bandligi bank bilan
hamkorlikda ta’minlanganligi aniqlandi. “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 5 ta oilaga imtiyozli kreditlar ajratilgan, 2 ta kambag‘al oilaga kredit hamda 20 ta kambag‘al oilaga oziq ovqat va nooziq ovqat maxsulotlari tarqatilgan, 2 ta kambag‘al oilaga subsidiya mahsulotlari ajratilgan. 3 ta YaTT tashkil etilgan, tashkil etilgan dexqon xo‘jaliklari soni 15 ta, dehqon xo‘jaliklarida tashkil etilgan bog‘lar 66 tani tashkil etgan. Dexqon xo‘jalik yerlariga "Bir kontr bir maxsulot" tamoyili asosida qizil loviya va kartoshka mahsulotlari ekilgan. O‘rganishlar jarayonida 6 ta mikro loyiha amaliyotga tadbiq etilganligi aniqlandi.
 

Hududda joriy yil birinchi choragida 15 ta oila ijtimoiy reestrga olinib, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar, shuningdek kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari olib berilgan. Yolg‘iz qariya Astonova Jo’raxon Xayitovnaga qarovchi biriktirilgan. Nogironligi bolgan Xabibullayeva Moxigulxon ijtimoiy reestrga olinib, unga moddiy yordam ajratilgan. 

🔹Qurbonqashqar qishlog‘ining “Istiqlol” ko‘chasida yashovchi xonadonlarda joriy yilning mart-aprel oylarida ichimlik suvi ta’minoti bo‘lgmaganligi sababli aholi vakillari tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Mutasaddilar masalani o‘rganib chiqqan, ammo muammo yechimi ijobiy hal etilmagan. Aholi vakillari nosoz suv quvurlarini yangilash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojjat qilganlar. 

🔹Hududdagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining qatnov yo‘lida transportlar harakati ko‘p bo‘lgani uchun yo‘l xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy to‘siq o‘rnatib berish so‘ralgan. 

Deputat aholi murojaatlari bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboradigan bo‘ldi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1