Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Mirzajonova tomonidan aholidan kelib tushgan murojaatlar mahalla faollari bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 2-guruh nogironi Rasulberdiyevaning sog‘lig‘ida muammolar mavjudligi aniqlandi. Hozirda uning oyog‘i jarohatlangan bo‘lib, mustaqil harakatlana olmayotgani, viloyat shifoxonasida davolanayotgani hamda bemorning nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligi tasdiqlandi.

Shuningdek, deputat tomonidan Sh. Rashidov nomidagi oilaviy shifokorlik punktida (OSHP) olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Tibbiyot muassasasi xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida mavjud muammolar muhokama qilindi.

Xususan, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda eskirgan hojatxonani ta’mirlash ishlarini tegishli smeta hujjatlariga kiritish masalalari ko‘tarildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4