Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi salomatligini ta’minlash borasidagi ishlar doimiy e’tiborda.

Xususan, tuman Kengashi 3-okrug deputati A.Tadjibayev, 4-okrug deputati A.Xudayqulov hamda kotibiyat mudiri O.Toirovlar tomonidan 27-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, shuningdek, bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlash tizimi atroflicha tahlil qilindi. Poliklinika faoliyatidagi mavjud sharoitlar, tibbiyot xodimlarining ish jarayoni hamda aholiga yaratilgan qulayliklar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi uchun sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6