Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi murojaatlarining hal etilish jarayonlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
“Yurtim jamoli” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangiyer” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi maktab ta’miri bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Deputat murojaati bilan “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik dasturga tushib, qurilish ishlari boshlab yuborildi
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov va Z.Domilayev tomonidan 2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli ro‘yxati asosida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayon deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi sifatida, amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘rganishlar davomida hududlarda hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning bugungi holati, ular orqali yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. 

Xususan, Pichoqchi mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Ayder Maks Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati o‘rganildi.

Mazkur korxona avtomobillarni mayda ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lib, 2026-yilning yanvar oyidan o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni paytda korxonada 3 nafar ishchi doimiy bandlik bilan ta’minlangan.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatini 500 million so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘lari hisobidan yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga, xizmat ko‘lamini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida 70 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lariga ehtiyoj mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Deputatlar tomonidan loyiha doirasida mavjud imkoniyatlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda moliyaviy resurslarga kirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi o‘rganishlar hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Deputatlik nazorati esa loyihalarning manzilli va samarali amalga oshirilishini ta’minlashda asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 3