Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
Davlat xizmatlar markazi va FHDY bo‘limi faoliyati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilning aprel oyiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosi yuzasidan Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar S.Madjitov va J.Sadirov tomonlaridan kotibiyat xodimi N.Kurganova hamda markaz rahbari Sh.Mirzaxmedov ishtirokida o‘rganildi.

🔹Oʻrganish davomida Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limi to‘liq tarkibdagi xodimlar bilan faoliyat olib borayotganligi, fuqarolar uchun elektron navbat yo‘lga qo‘yilganligi, onalar va bolalari xonasi va maydonchasi mavjudligi, elektron ma’lumot olish vositasi soz holda ishlab turganligi va fuqarolar uchun kutish joylari va boshqa sharoitlar yaratilganligi, shuningdek, Davlat xizmatlar markazida fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida to‘lovlarni amalga oshirish uchun kassa xizmati tashkil qilinganligi aniqlandi.

🔹Davlat xizmatlar markazi kuniga 300-350 nafar fuqarolarga navbat asosida hamda nogiron va keksa fuqarolarga navbatsiz xizmat ko‘rsatayotganligi, fuqarolar murojaatlarining asosiy qismi uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan berilayotganligi, shu bilan birga FHDY bo‘limiga kuniga 70-130 nafargacha fuqarolar oila qurish uchun hamda 100 nafargacha fuqarolar ajrim bo‘yicha ariza berishayotganligi, bo‘limning elektron bazasida 1936-yildan beri rasmiylashtirilgan ma’lumotlar elektron arxivda saqlanayotganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 9