Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi raisi aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Pensiya ta’minoti sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
#kengash_raisi #kotibiyat_mudiri Ishtixonda yangi suv inshootining qurilish sifati nazorat qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov o‘z saylov okrugidagi Qayirma mahallasi hududida bo‘lib, Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov bilan birgalikda hududda barpo etilgan suv to‘suvchi inshootning qurilish sifati, texnik holati va foydalanishga tayyorlik darajasini joyiga chiqib batafsil o‘rgandi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-sonli Farmoni hamda Samarqand viloyati Kengashining VII-16-128-7-0-K/25-sonli Qarori asosida amalga oshirilgan bo‘lib, Qayirma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi To‘sinsoy soyida zamonaviy talablar asosida suv to‘suvchi inshoot qurildi.

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 230 gektardan ortiq aholi tomorqalari va fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu esa hududda sug‘oriladigan yerlar samaradorligini oshirish, ekinlar hosildorligini ko‘paytirish hamda yuqori daromadli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni keng yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, loyiha mahalliy aholining bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar tomonidan inshootning qurilishida foydalanilgan materiallar sifati, texnologik yechimlar, suv oqimini boshqarish mexanizmlari hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi. Inshootning mustahkamligi, uzoq muddat xizmat qilishi va mavsumiy yuklamalarga bardosh bera olish imkoniyatlari ham tahlil qilindi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish va inshootni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatini oshirish, davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi, bunday loyihalar orqali aholi turmush darajasi yuksalib, hududlarning iqtisodiy salohiyati tobora mustahkamlanib bormoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5