Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi raisi aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat nazorati: Pensiya ta’minoti sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov “Yangi Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan axborot berdi.

📝 Uchrashuvda mahalla “yettiligi”, faollar, aholi vakillari, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari, shuningdek “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev, tuman Kengashi raisi Olesya Li hamda deputatlar Dilshoda Xursandova, Baxtiyor Mirzoqulov va Nataliya Shevchenko ishtirok etdi.

🔴 Axborot davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, sayyor qabullar orqali fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, tabiiy gaz ta’minoti, ijtimoiy himoya reyestri hamda sog‘liq bilan bog‘liq murojaatlar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilgani ta’kidlandi.

📊 Shuningdek, deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan qator takliflar ilgari surganini qayd etdi.

🌀 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

🗣 Shuningdek, hududdagi futbol maydonining holati joyiga chiqib o‘rganilib, uning ta’mirtalab ekani aniqlanib, mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

✅ Yakunda deputat tomonidan aholi bilan ochiq va samarali muloqotni davom ettirish, ko‘tarilgan barcha masalalarni bosqichma-bosqich hal etish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 9