Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
🚒 Kengash qarorida belgilangan vazifalar amalda: Ishtixonga yangi yong‘in-qutqaruv avtomobili topshirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-32-7-95-K/26-son qarorida tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va aholining xavfsizligini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan edi.

Mazkur qarorda olis hududlarda tezkor yong‘in-qutqaruv xizmatlarini kuchaytirish, zamonaviy texnika va vositalar bilan ta’minlash zarurligi alohida qayd etilgan.

Bugun ushbu qaror ijrosi doirasida tumanga zamonaviy ISUZU FTR 34L rusumli AL-4.0-50 yong‘in-qutqaruv avtomobili topshirildi.

Tadbir davomida tuman hokimi yangi maxsus texnikaning kalitini tantanali ravishda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga topshirdi.

🚨 Yangi texnika:

🔹 2026-yilda ishlab chiqarilgan;

🔹 barcha zarur yong‘in o‘chirish va qutqaruv jihozlari bilan jihozlangan;

🔹 yong‘in sodir bo‘lgan hududga tezkor yetib borish imkoniyatiga ega;

🔹 favqulodda vaziyatlarda inson hayoti va mol-mulkini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Ayniqsa, tumanning chekka va olis hududlarida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish imkoniyati yanada kengayadi.

Bu esa Kengash qarorida ko‘tarilgan talablar amalda bajarilayotganini, aholining xavfsizligi ustuvor masala ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

✅ Endilikda Ishtixonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha imkoniyatlar yanada kuchaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4