Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
✅ “Tashabbusli byudjet” tartibiga yangi o‘zgartirishlar kiritildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-31-7-95-K/26-son qarori bilan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarini tashkil etish va moliyalashtirish tartibiga yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur qaror fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni yanada adolatli, shaffof va tezkor ko‘rib chiqish hamda ularni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Endilikda:

🔹 “Ochiq byudjet” orqali berilgan loyihalarni baholash va saralash tartibi takomillashtiriladi;

🔹 g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish jarayoni yanada aniq va ochiq bo‘ladi;

🔹 fuqarolar tashabbuslari sheriklik asosida birgalikda moliyalashtirilishi mumkin bo‘ladi;

🔹 loyiha tashabbuskorlari, homiylar va tashkilotlar birgalikda ishtirok etib, ko‘proq loyihalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;

🔹 “Tashabbusli byudjet” jarayonida ishtirok etuvchi ishchi komissiyalar tarkibi va vakolatlari yangilanadi.

❔ Bu fuqarolar uchun nimani anglatadi?

✅ endi ko‘proq loyiha moliyalashtirilishi mumkin;

✅ birgina byudjet mablag‘i bilan cheklanib qolmay, qo‘shimcha sheriklik mablag‘lari ham jalb qilinadi;

✅ fuqarolar ovoz bergan loyiha bajarilmay qolib ketmasligi uchun yangi imkoniyat yaratiladi;

✅ barcha jarayonlar Kengash qarori asosida nazorat qilinadi.

Eng muhimi, bu o‘zgarishlar orqali “Tashabbusli byudjet” endi yanada kuchli huquqiy asosga ega bo‘ldi. Fuqarolar tashabbusi, ovozi va takliflari Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan qo‘llab-quvvatlanadi va amalda bajarilishiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1