Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilish kun tartibiga tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i I. Aminovning tumanda yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari hamda tuman"Yoshlar daftari" jamg‘armasidan "Besh muhim tashabbus olimpiadasi" tadbirlarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi axboroti kiritildi va dastlabki tarzda doimiy komissiyada ko‘rib chiqilib muhokama qilindi.

🔹Muhokamalar davomida yoshlarni ish bilan taʼminlash, og‘ir toifaga tushib qolgan va probatsiya xisobida turuvchi yoshlar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarini chuqur tahlil qilish, ularni bartaraf etish hamda yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Yakunda doimiy komissiya tomonidan tegishli qaror va xulosa qabul qilinib, mazkur masalani tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

🔹Mazkur yig‘ilish tumanda yoshlarni muammolarini bartaraf etish, ularni o‘z yurtiga sodiq va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi

Slide 1 of 1