Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
HUDUDDAGI INVESTITSIYA HOLATI O'RGANILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi Z.Ro‘ziyev hamda Kengash kotibiyat mudiri F.Hojiyev tomonidan shahardagi “Marmarobod” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Gazgan Stone” korxonasiga tashrif buyurilib, korxonadagi investitsiya jarayonlari, ishlab chiqarish faoliyati hamda mahsulot sifati joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida korxonaga jalb etilgan investitsiyalar samaradorligi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi, granit tosh mahsulotlarining sifati, tadbirkorlik subyektiga yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘RQ-440-sonli Qonuni (2017-yil 29-avgust) talablari asosida tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish hamda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Xususan: 

korxonaga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi; 

ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi; 

granit tosh mahsulotlarining sifati va standartlarga mosligi; 

tadbirkorlik subyektiga yaratilgan sharoitlar; 

yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash; 

tadbirkorlik faoliyatida mavjud muammolar va ularning yechimlari masalalari ko‘rib chiqildi. 

 Shuningdek, korxonaning hudud iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha imkoniyatlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida investitsiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, investitsiyalarni keng jalb etish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6