Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
📍 Yakkasaroy tumanida hududiy o‘rganishlar olib borildi

📍 Yakkasaroy tumanida hududiy o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 10-Saxovat saylov okrugi deputati Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna “Dilbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda 24 ta tavsiyaga asosan mahalla hududini hamda aholining muammolarini o‘rgandi.

📌 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla ichki yo‘llari holati, tungi yoritish tizimi, yo‘llardagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ko‘chama-ko‘cha yurib ko‘p qavatli uylarda liftlarning uzluksiz faoliyati va boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi. Uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlar), yerto‘lalari hamda atrof hududlarning tozaligi va yoritilishi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, aholining issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlanishidagi mavjud muammolar, parklar, xiyobonlar va yashil hududlarning saqlanishi va obodonlashtirilishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimi hamda nogironligi mavjud shaxslarga berilayotgan imtiyozlarning amalda qo‘llanilishi o‘rganildi.

Hududdagi sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi yuzasidan ham atroflicha o‘rganishlar olib borildi.

🤝 O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida ekani alohida ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1