Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar, bandlikni ta’minlash va amaliy yordam ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 6-Armug‘on saylov okrugi deputati Yuldasheva Umida Tuxtamuradovna, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda “Armug‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududda keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida tashkil etildi. Jarayonda hokim yordamchisi Daminov Pardajon Dilshod o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Batirova Mazmuna Mirzaakbarovna, xotin-qizlar faoli Rasulova Dilnoza Saidaliyevna, yoshlar yetakchisi Qurbonboyev Nurali Yusupboy o‘g‘li, hamda profilaktika inspektori Muxamadov Azizbek Madamin o‘g‘li faol ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqaro Askarova Mirigulning bandlik holati ham o‘rganildi. Aniqlanishicha, u tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgani holda bandligi ta’minlangan. Mazkur bandlikni ta’minlashda xotin-qizlar faoli tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani qayd etildi.

Hududda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1