Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi murojaatlarining hal etilish jarayonlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
“Yurtim jamoli” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangiyer” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi maktab ta’miri bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Deputat murojaati bilan “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik dasturga tushib, qurilish ishlari boshlab yuborildi
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida
Amaliy tashabbus natija berdi: muammo o‘z yechimini topdi

Amaliy tashabbus natija berdi: muammo o‘z yechimini topdi 

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 16-«Alangtepa» saylov okrugidan deputat T. Berdiyarova hamda mahalla faollari bilan birgalikda “Sh. Rashidov” mahallasida o‘rganishlar olib borilgan edi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida “O‘rta ariq” ko‘chasining 1000 metr qismi toshlangan bo‘lib, uni asfaltlash zarurati aniqlangan va bu borada amaliy yordam so‘rab deputatlik so‘rovi kiritilgan edi.

2025-yil 5-maydagi 41-ds-409-25-sonli deputatlik so‘roviga asosan, ushbu ko‘chani 2026-yilda asfaltlash belgilangan edi.

Bugungi kunda deputat tomonidan ilgari surilgan tashabbus va olib borilgan ishlar o‘z samarasini berdi — “O‘rta ariq” ko‘chasi to‘liq asfalt qilinib, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.

Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning turmush sifatini oshirish va uzoq yillik muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 6