Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📢 Qo‘shko‘pirda 4 ta yangi ijtimoiy loyiha amalga oshiriladi!

📢 Qo‘shko‘pirda 4 ta yangi ijtimoiy loyiha amalga oshiriladi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash fondi grant tanlovida g‘olib bo‘lgan Qo‘shko‘pir tumanidagi nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan quyidagi loyihalar hayotga tatbiq etiladi:

✅ “Toza suv – ekologik barqarorlik kafolati” loyihasi doirasida Qizil Yarim Oy Jamiyati tuman bo‘linmasi Qorovul mahallasidagi 7 ta ko‘chada istiqomat qiluvchi 400 ta xonadonga ichimlik suvi quvurlari tortishni rejalashtirgan.

✅ Mehnatobod mahallasida mahalliy kanalga suv nasosi o‘rnatilib, aholi tomorqalariga suv yetkaziladi. Bu esa ularning daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

✅ Sherobod mahallasida ham suv nasosi o‘rnatilib, tomorqalardan hosildorlikni oshirish ko‘zda tutilgan.

✅ “Mahallalar” jamoat fondi Yovg‘ur, Bahoriston va Shixmashxad mahallalaridagi, shuningdek, Xiva tumanidan bo‘lgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar sog‘lomlashtirish dasturiga jalb etiladi.

Slide 1 of 1