Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati T.Rasulova va mahalla faollari bilan birgalikda "Sayiljoyi" mahallasidagi 23-24-25-27-28-sonli ko‘p qavatli uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan taʼmirlash ishlari o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida hozirda 28-sonli ko‘p qavatli uyining taʼmirlash ishlari boshlanib, taʼmirlash jarayoni uchun kerakli jihozlar o‘rnatilganligi aniqlandi. Deputatlar tomonidan mazkur qurilish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha nazorat va monitoring qilish davom etmoqda.

Slide 1 of 6