Toshkent viloyati Bekobod shahar anklav hududida joylashgan Jomiy mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 9-Jomiy saylov okrugi deputati X.Abdulkayumov, shahar hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi R.Eshbekov hamda mahalla yettiligi ishtirokida tadbirkorlarni murojaatlari va masalari yuzasidan qabul o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur qabul tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.