Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 6-avgust kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Kun tartibida:

🔹Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2025-yil ikkinchi chorak yakuni bilan orttirib bajarilgan mablag‘lar hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida; 

🔹 Bo‘stonliq tumaniga Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ajratilgan maqsadli ssuda mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

🔹Bo‘stonliq tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

 🔹Bo‘stonliq tumanida 2025-yilga mo‘ljallangan aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturini ikkinchi chorak yakuni bilan bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

🔹Yig‘ilish yakuni bilan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tinglangan hisobotlar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish haqida qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 3