Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

MIROBOD TUMANIDA TOSHKENT SHAHAR HOKIMI O‘RINBOSARINING QABULI BO‘LIB O‘TDI

Bugun “Oltinko’l” mahallasida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari Shahnoza Sultonova ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul bo’lib o’tdi.

Qabulda Toshkent shahar va tuman hokimligining mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari 15-Oltinko‘l saylov okrug deputati Sh.Pulatov ishtirok etdilar.

Qabulga kelgan fuqarolarning asosiy murojaatlari uy-joy ajratish, tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berish, ijtimoiy yordamlar olish kabi masalalarga qaratilgan edi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning masalalari diqqat bilan eshitildi va ularga amaliy yordam ko'rsatish uchun tegishli mas’ullar belgilandi.

Slide 1 of 13