Янгиликлар

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan joriy yilning 2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 Forumning asosiy mavzusi bo‘lgan investitsiyalar – faqat iqtisodiy
taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning kafolatidir!
 

Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoda har bir davlat uchun siyosiy barqarorlik, iqtisodiy ochiqlik va xalqaro hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Mana shunday murakkab va mas’uliyatli davrda mamlakatimizda o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichini, balki uning xalqaro maydondagi nufuzi oshib borayotganini ham yaqqol namoyon etmoqda. To‘rtinchi bor tashkil etilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat iqtisodiy muloqot maydoni, balki O‘zbekistonning yangi tashqi va ichki iqtisodiy strategik pozitsiyalarini teran anglatib beruvchi sammitga aylandi.  

Slide 1 of 4