Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Mehnat yarmarkasida talabalar bandligi ta’minlandi

Mehnat yarmarkasida talabalar bandligi ta’minlandi

Navoiy davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Muxiddin Kalonov, shuningdek, Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar guruhi a’zolari, hamkor tashkilotlar rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yarmarkada 2 ming nafarga yaqin talaba va bitiruvchi yoshlar qatnashdi. Ularga 40 ga yaqin korxona, tashkilot, muassasa hamda tijorat banklari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, kelajakdagi faoliyatlari yuzasidan muhim tavsiyalar oldi.

Tadbir doirasida universitet bitiruvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan dastlabki mehnat shartnomalarini imzoladi. Bu esa yosh mutaxassislarning kelgusida ish bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy o‘quv yilida Navoiy davlat universitetini jami 4873 nafar talaba tamomlamoqda. Shundan 2451 nafari kunduzgi ta’lim, 318 nafari kechki ta’lim, 1883 nafari sirtqi ta’lim hamda 221 nafari magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilaridir.

Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda

Slide 1 of 7