Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat va kotibiyat xodimlari tomonidan "Obi hayot" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

🔹 Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida
"Obi hayot" mahallasida tashkil etildi.

🔹Deputat tomonidan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatlik qabuli tashkil etildi.

🔹 O‘rganishning davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Xususan, mahallada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.

🔹Deputat va kotibiyat xodimlari qonun talablarining joylardagi amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdilar.

🔹Bu kabi o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7