Murojaatlar yechimi va
tibbiy ko‘rik: Fayzabodda amaliy ishlar
Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish deputatlik
nazoratining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi
15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi) D.Komilova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan Fayzabod MFYdagi
tibbiyot maskanida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning
murojaatlari ham qabul qilindi.
Qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan
tibbiy masalalarning aksariyati joyining o‘zida hal etildi:
Davolanish uchun
yo‘llanmalar: Sog‘lig‘ida jiddiy muammosi bo‘lgan 2 nafar fuqaroga shifoxonada
imtiyozli davolanishi uchun davlat tomonidan beriladigan order (yo‘llanma)
ajratilishi ta’minlandi.
Tezkor tibbiy yordam: Bir
nafar fuqaroning farzandi sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaati joyida ko‘rib
chiqildi va bola malakali shifokor tomonidan zudlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilib,
muammosi bartaraf etildi.
Bu kabi tadbirlar hudud aholisining sifatli
tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va fuqarolarning
turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ehtiyojmand qatlamni ijtimoiy
va tibbiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/