🔴Ushbu okrugga qarashli “Nurli diyor” va "Suxon sohili" mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning ijro etilish holatini ko‘zdan kechirdi.
🔴O‘rganish jarayonida ushbu tavsiyalar asosida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi.
🔴Shuningdek, mahallarda tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tadbirkorlik subyektlarining ish jarayonlari va erishayotgan natijalari o‘rganildi.
🔴Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan mahalla mas’ullari bilan fikr almashildi.
🔴Bu kabi muntazam o‘rganishlar deputat okruglaridagi muammolarni tizimli tahlil qilish va joylarda ijro intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi.