Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat nazorati o‘rganish ishlari davom etmoqda: maktabgacha ta’lim muassasasidagi qurilish ishlari tahlili
янв.21
Deputat nazorati: Saylovchilar bilan muloqot va yettilik faoliyati tahlili
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Saylov jarayonlari va budjet masalalari tahlili
янв.21
Deputat nazorati: Xalq qabulxonasi faoliyati va murojaatlar tahlili
янв.21
Deputat nazorati: Ijtimoiy himoyaning manzilliligi
янв.21
Ijtimoiy muloqot va tizimli hamkorlik
янв.21
“Mahalla yettiligi” — Kengash — Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik
янв.21
Deputat nazorati: mahalla yettiligi bilan hamkorlik va qonun ijrosi
янв.21
Deputat nazorati: ijtimoiy xizmat va infratuzilma tahlili
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida deputat nazorati
Mahallabay ishlash tizimi va aholi muammolari Kengash kotibiyati nazoratida

🔴Mazkur jarayonda xalq deputatlari tumani Kengashi kotibiyati mudiri Abdulazim Samanov, 2-Ismoiltepa saylov okrugi deputati Ro'zi Chorshanbiyev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Toshpo'lat Rajabov, hamda mahalla mas’ullari ishtirok etdi.

🔴O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatning 24 ta muhim tavsiyasi asosida ijtimoiy xodim tomonidan "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalarga yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi.

🔴Deputat hudud fuqarolari bilan bevosita muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi va huquqiy tushuntirishlar berish bilan birga amaliy yordam choralarini belgiladi.

🔴Mahalla faollari ishtirokida Ravshanlik ko‘chasidagi elektr transformatorlarini ta’mirlash hamda ularning atrofini muhofaza qilish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔴Shuningdek, mahalladagi 180 o‘ringa mo‘ljallangan 33-sonli "Dilshod" maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va undagi tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

🔴Bog‘cha hududida zamonaviy bolalar maydonchasini tashkil etish va elektr ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi.

🔴Ushbu sa’y-harakatlar mahalladagi infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlod uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan.

Slide 1 of 10