Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Ijtimoiy xizmat ko'rsatish holatlari o'rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri, “18-Bog‘iston” okrugi deputati Anvar Usmanov hamda Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘ulom Eshatov tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — “Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati” yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🗂 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 126-son qarori ijrosi bilan yaqindan tanishildi.

📇 Mazkur qaror nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatga moslashuvini kuchaytirish, ota-onalarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda inklyuziv xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorga asosan, 2025-yil 1-martdan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi mavjud bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

🔼 Shu asosda Uchtepa tumani “Bog‘obod” mahallasi hududida 2025-yil 5-iyul sanasidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (PTPK) xulosasiga ega bo‘lgan bolalarni qabul qiladi. Jumladan, autizm spektr buzilishi, Daun sindromi, bolalar serebral falaji, nutq va psixik rivojlanish kechikishi, eshitish va ko‘rish nuqsonlari hamda tayanch-harakat tizimi bilan bog‘liq muammolari mavjud bolalar ushbu xizmatlardan foydalanmoqda.

👁 Bugungi kunda markazga 11 nafar nogironligi bo‘lgan bola jalb qilingan bo‘lib, ular uchun kundalik hayot ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy moslashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash va tarbiyaviy mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Shuningdek, ota-onalarga ham farzandlarini parvarish qilish va reabilitatsiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berib borilmoqda.

🗣 O‘rganish davomida deputatlar markazdagi yaratilgan sharoitlar, bolalar uchun tashkil etilgan mashg‘ulot xonalari hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan tanishdilar. Shuningdek, tarbiyachilar va mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

✅ Mazkur tashabbuslar nogironligi bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda oilalarga qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5