Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Babayev va Y.Berdiyarovlar tomonidan tuman Kengashi 26-sessiyasining VII-26-36-9-122-K/26-sonli qaroriga asosan 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oila xonadonini ta’mirlash hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida xonadonning xonalarida pol qismini ta’mirlash ishlari boshlanganligi aniqlandi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔷Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 5