Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Alisher navoiy" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputatlar mahallada: Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish — asosiy mezon
янв.21
Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tumani Kengashining 21-sessiyasi bugun tuman hokimligining zalida bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Xayitobod"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
Mahallada yangi loyihalar ijrosi va deputatlik nazorati
янв.21
Vatan himoyachilari bilan deputat muloqoti
янв.21
"Istiqlol" mahallasida deputatlik nazorati va hamkorlik
янв.21
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda doimiy komissiyalarda muhokama qilindi
янв.21
Kotibiyat tomonidan "Polvonlar yurti" mahallasidagi nogironligi mavjud shaxslarga berilgan davlat imtiyozlarining qo‘llanilish holati o'rganildi
“Darband” mahallasida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar “Darband” mahallasiga bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Birinchi navbatda loyiha asosida mahalladagi 39-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari, xususan 120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda 50 o‘rinli oshxona qurilishi jarayonlari o‘rganildi.

Qurilish obyektida olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va qurilish materiallarining talab darajasida ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5