Bu boradagi ishlar, ayniqsa, xalq vakillarining aholi bilan bo‘lgan aloqasi va qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini ta’minlashdagi muhimligini yanada oshirishga qaratilgan.
💬 Jumladan:
🟢Ish rejalari va ijro holati: Kotibiyatning kelgusi rejalari va ularning bajarilish darajasi.
🟢Deputatlarning yig‘ma Jildlari: Har bir deputatning saylovchilari bilan bo‘lgan aloqasi, murojaatlari va amalga oshirilgan ishlari aks etgan jildlar.
🟢Murojaatlar bilan ishlash tartibi: Jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash jarayoni.
🟢Nazorat hujjatlari va qarorlar ijrosi:
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosi ustidan olib borilayotgan monitoring ishlari.
🟢Lavozim yo‘riqnomalari va ish taqsimoti: Kotibiyat xodimlarining vazifalari, huquqlari va ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanganligi.
🟢Sessiya va komissiya ishlarini tashkil etish: Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari.
📌 O‘rganishlar natijasida kotibiyat ish faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjat aylanishini tezlashtirish hamda deputatlarga ko‘mak berishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
🫥Xususan, ijro intizomini mustahkamlash va murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirishga alohida urg‘u qaratildi.