Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: Muammo o‘z vaqtida va ijobiy hal etildi (https://t.me/jarkengmatbuotxizmati/5930)
янв.21
Ijro nazoratda: Jarqo‘rg‘on tumanida maktab qurilishi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat e’tiborida ijtimoiy himoya
янв.21
Deputatlar mahallada: yettilik tizimi va yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Maslahattepa"mahallasida hududiy o‘rganishlar
янв.21
Deputat shifokorlar davrasida: Kasb bayrami muborak!
янв.21
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
янв.21
Xalq deputatlari Jarqo‘rgʻon tumani Kengashi va Deputatlar faoliyati yuzasidan haftalik dayjest
янв.21
Xotira va qadrlash — millatga hurmat va ehtirom ifodasi
янв.21
Ehtirom va e’zoz — oliy saodat
Tahlil, tanqid va natijadorlik: Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashida haftalik sarhisob yig'ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, bosh mutaxassislar R.Mamashukurov, A.Temirov hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi B.Xudoyqulov qatnashdilar.

🟢Kengash raisi dastlab mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ularning shahar hayotidagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

🟢O‘tgan hafta davomida deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Kotibiyat bosh mutaxassislarining hisobotlari tinglanib, har bir deputatning aholi muammolarini hal etishdagi faolligi baholandi.

🟢Yig‘ilishda Kengash huzuridagi yoshlar maslahat guruhining bugungi kundagi faoliyati muhokama qilindi. Guruh a’zolarining yoshlar bilan ishlash, yangi tashabbuslarni ilgari surish va ijtimoiy loyihalardagi sustkashligi keskin tanqid qilindi. Mas’ullarga guruh faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatildi.

💬 Yig‘ilish yakunida joriy hafta davomida ishlarni yanada samarali tashkil etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va nazorat-tahlil tadbirlarini sifatli o‘tkazish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3