Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Bahor mahallasida ichimlik suvi va tibbiyot punkti muammolari muhokama qilindi

Xalq depuatlari Guliston shahar Kengashining "Bahor" mahallasi deputati Y. Usmanova “Bahor” mahalla yettiligi bilan birgalikda aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔹 Toshkent yo‘li ko‘chasida yashovchi 10 ta xonadon bir necha yillardan beri ichimlik suvisiz yashayotgani bo‘yicha fuqarolardan murojaat kelib tushgan. Deputat va mahalla vakillari joyiga chiqqanida, 69 va 67-uylar atrofida suv quvurlari umuman mavjud emasligi hamda ayrim oilalarning ijtimoiy ahvoli og‘ir ekani aniqlandi.

🔹 Shuningdek, shu hududda joylashgan “Bahor” 1-son oilaviy poliklinikasida ham bir qator muammolar borligi ma’lum bo‘ldi. Binoda ta’mir ishlari Guliston tibbiyot birlashmasi tomonidan qisman amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ishlar to‘liq yakunlanmagan. Hozirda poliklinikada ichimlik suvi chiqmaydi, qo‘l yuvish uchun sharoit yo‘q, isitish tizimlari esa kapital ta’mir talab.

🟢 Mahalla deputati mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va tibbiyot maskanidagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish tashabbusi bilan chiqdi. 

Slide 1 of 5