Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana takomillashtirish-davr talabi

 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustivor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71 sonli Farmonining ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining o‘rganishlari davom etmoqda. 

🔹Deputatlik guruhi a’zolari-xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Muhsinjon Abduaximov, tumani Kengashi deputatlari Zarifaxon Mahkamova, Nasibaxon Imomaliyeva, O‘zLiDeP tuman kengashi apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonova hamda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati yordamchisi Feruzaxon Turg‘unova tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Qo‘qonboy qishlog‘i hududida joylashgan Oilaviy shifokorlik poliklinakasi ishchi-xodimlarining faoliyatini o‘rgandilar. Sifatli xizmat ko‘rsatilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratdilar. Joriy yilning o‘tgan oktabr oyi davomida poliklinika mutasaddi shifokorlari tomonidan talabnomada belgilangan dori-darmonlar ro‘yxat asosida fuqarolarga to‘liq berilgani hamda shifokorlarning aholiga sifatli xizmat ko‘rsatayotganliklari e’tirof etildi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1