Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi 9-sonli “Dovut ko‘l” saylov okrugidan saylangan deputat G. Bekbosinova, tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Xo‘jageldiyeva hamda Adliya bo‘limi boshlig‘i K. Paluaniyazov ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.