HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati
N. Olimov tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida joriy yilning 6 oyi mobaynida hokim yordamchisi tashabbusi bilan 26 nafar fuqaroga jami 913 million so‘m moliyaviy ko‘mak ajratilgani, shundan 6 nafar fuqaroga imtiyozli kredit, 20 nafar fuqaroga subsidiya berilib, ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Shuningdek, yoshlar masalalari bo‘yicha 13 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan, 2 nafar yoshning oliy ta’lim kontrakt to‘lovlari qoplab berilgan.
Xotin-qizlar faoli tomonidan 140 nafar xotin-qiz "Ayollar daftari"ga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda 7 nafari davolanishga yo‘naltirilgan, 14 nafari hokim yordamchisi hamkorligida tadbirkorlikka o‘qitilmoqda. Qolgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha yil yakuniga qadar amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
Yakunda deputat N. Olimov tomonidan mas'ullarga aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari D.Ataxonov va M.Xalimov ham ishtirok etdi.