Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirokida Tug‘onboshi ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Yusupovaning uy-joyni ta’mirlash masalasi yuzasidan yo‘llagan murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adhamov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoiti, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari hamda mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlar joyida tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning sifatli va o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3