Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Oyzoda Egamberdiyeva tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Oyzoda Egamberdiyeva tomonidan "Amir Temur" mahallasida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o'rganildi.

O'rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar, ularning bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan loyihalar hamda yoshlar muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi amaliy faoliyat bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi bilan muloqot davomida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi tomonidan yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini qo'llab-quvvatlash va bu yo'nalishdagi faoliyat ustidan deputatlik nazoratini olib borish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1