Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
YOSHLAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

Mazkur tadbir yoshlarning bilim va tafakkurini kengaytirish, ularni ilm-fan, kitobxonlik va intellektual faoliyatga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida yoshlar bilan ishlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb qilish masalalarini o‘rganish bilan uyg‘un holda tashkil etildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Deputat Dostonjon Tojiyev yoshlarning bilimga intilishi, jamoaviy fikrlashi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlar yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

✅ Yunusobod tumanida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni intellektual musobaqalarga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1