Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlar, muharrirlar hamda ommaviy axborot vositalari tizimida fidokorona mehnat qilayotgan soha vakillarini samimiy muborakbod etadi.

Sizlarning jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, fuqarolarning xolis va tezkor axborot olish huquqini ro'yobga chiqarish, xalq bilan davlat o'rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo'lidagi xizmatlaringiz yuksak e'tirofga loyiq.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat va taraqqiyot g'oyalarini targ'ib etishda sizlarning mehnatingiz beqiyosdir.

Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz ijodiy ilhom, kasbiy muvaffaqiyatlar va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Qalamingiz doimo o'tkir, so'zingiz teran, nigohingiz xolis, ijodingiz sermahsul bo'lsin!