Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Alimov tomonidan hududda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan tushumlar, shuningdek, mavjud soliq qarzdorligi holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi tadbirkorlik subyektlari va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, soliq intizomini mustahkamlashga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi va mas’ul tashkilotlar tomonidan budjet tushumlarini oshirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini faoliyatga jalb etish hamda mavjud soliq bazasidan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar va takliflar navbatdagi Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilinadi.