Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududda o‘rnatilgan maxsus biologik (ko'chma) hojatxonalarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida biologik hojatxonalarning sanitariya-gigiyena talablari asosida saqlanishi, texnik sozligi, muntazam tozalanishi hamda fuqarolar foydalanishi uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ushbu inshootlarning ekologik talablarga muvofiqligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan faoliyat yuritishi holati ham baholandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, biologik hojatxonalar belgilangan tartibda saqlanayotgani, tozalik va sanitariya qoidalariga rioya etilayotgani hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur choralar ko‘rilayotgani aniqlandi. Ayrim yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan jamoat joylarida sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari doimiy nazoratda ekani ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3