Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan hududda xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda amalga oshirilgan tashabbuslar, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ajratilgan imtiyozli ko‘maklarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni (№ O‘RQ-327, 2012-yil 26-aprel) ijrosi doirasida mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Loyiha asosida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan hududda xotin-qizlar bandligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 2