Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Qonun ijrosi amalda: yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi imkoniyatlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati F. Turayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Turayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish, ularga teng imkoniyatlar taqdim etish belgilangan.

Qonun ijrosi amalda: yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi imkoniyatlar tahlil qilindi.

Shu maqsadda Samarqand–Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi sanitariya-gigiyena xonalari hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud infratuzilma qonunchilik talablariga muvofiqligi, maxsus jihoz va qulaylik holati tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6