Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
G‘alaba Shoh ko‘chasida obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda

G‘alaba Shoh ko‘chasida obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda

Navoiy shahrida aholi uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, mahallalar hamda ko‘chalarning obod qiyofasini ta’minlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda. Shaharning asosiy ko‘chalaridan biri hisoblangan G‘alaba Shoh ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish, ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bugungi kunda yakuniy bosqichga yetdi.

Bugun Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi 1-«Hayot» saylov okrugi deputati Dilmurod Ergashev mazkur hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, ularning sifati hamda mas’ullar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ko‘cha va yo‘l yoqalari tartibga keltirildi, yashil hududlar obodonlashtirildi, bino va inshootlarning tashqi qiyofasini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlar nafaqat shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki aholi uchun yanada qulay va shinam muhit yaratishga ham xizmat qilmoqda.
Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida barcha ishlarni belgilangan muddatlarda, eng avvalo, sifat va mas’uliyat bilan yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Obod mahalla va ko‘rkam ko‘chalar — aholining kayfiyati, farovon turmushi hamda shahrimiz taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichidir. Shu bois Navoiy shahrini yanada obod, zamonaviy va yashash uchun qulay maskanga aylantirish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.

Yurtimiz ravnaqi, shahrimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda barchamizning hamjihatligimiz va faol ishtirokimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9