Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
YOSHLAR KUNI

30 IYUN — YOSHLAR KUNI

👍 Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi nomidan yurtimizning barcha yoshlarini, aziz yigit-qizlarimizni ushbu qutlug‘ sana — Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

💠 Yoshlar — mamlakatimizning eng katta boyligi, taraqqiyotimiz tayanchi va Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchidir. Bugun yurtimizda yosh avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim olishi, kasb egallashi, iqtidor va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasblarga o‘rgatish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚡️Ayniqsa, Bandixon tumanida yoshlarning ta’lim olishi, ilm-fan, sport, madaniyat va tadbirkorlik sohalarida o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, ularning yangi g‘oya va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

📌 Bugungi yoshlarning bilimli, fidoyi va vatanparvar bo‘lib kamol topishi — mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti uchun eng muhim kafolatdir.

✍️ Aziz yoshlar!
✍️Sizlarga mustahkam sog‘lik, ulkan maqsadlar, ezgu orzularingiz ro‘yobi va hayot yo‘lingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi tashabbuslaringiz doimo qo‘llab-quvvatlansin!

✍️30 iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi

Slide 1 of 1