Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida

Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov M.Eshtemirov mahallasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Suhbatning asosiy maqsadi fuqarolar murojaatlariga yanada yaqin bo‘lish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda amaliy yechim topish masalalariga qaratildi. Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus murojaatlar daftari mahallada doimiy ravishda saqlanishi ma’lum qilindi. Endilikda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirayotgan masala, taklif va murojaatlarini ushbu daftarga yozib qoldirishlari mumkin.

Ta’kidlanganidek, daftarga kelib tushgan murojaatlar har hafta deputat tomonidan o‘rganilib, ular yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib boriladi.

Zarur hollarda murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot asosida yechim topishga alohida e’tibor qaratiladi.

Deputat va xalq o‘rtasidagi doimiy muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3