Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Deputatlik so‘rovi javobi: Fuqarolar murojaati amalda o‘z yechimini topdi

Deputatlik so‘rovi javobi: Fuqarolar murojaati amalda o‘z yechimini topdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Qoraxon mahallasi hududidagi piyodalar yo‘lakchasining nosoz holati yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur murojaatda mahalla aholisi, ayniqsa, keksalar va yosh bolalarning harakatlanishida qiyinchilik tug‘dirayotgan piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan edi.
Termiz tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, Qoraxon mahallasi hududidagi piyodalar yo‘lakchasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi hamda mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.

Bu esa fuqarolar murojaatlari e’tibordan chetda qolmayotgani, aholi manfaatlarini ta’minlash va hududlarni obodonlashtirish borasidagi ishlar izchil davom etayotganining amaliy ifodasidir.

Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar hududlarni yanada obod qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2